Yangiliklar

ISTEʼMOLCHIGA AVTOKREDIT OLIB BERILDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Termiz tuman jamiyatiga “Uchqizil” qoʻrgʻonida yashovchi fuqaro Xudoyqulova Margʻuba murojaat qildi.

Murojaatda keltirilishicha, fuqaro Xudoyqulova Margʻuba 2019-yilning 13-mart kuni Termiz tumani “Agrobank” filiali orqali avto kredit olish uchun boshlangʻich 25% toʻlovni amalga oshirgan, ammo Termiz tumani “Agrobank” filiali shu kunga qadar kreditni chiqarmasdan kelayotganidan norozi ekanligini bildirgan.

Ushbu murojaat Federatsiya mutaxassis xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi. Natijada, Termiz tumani “Agrobank” filiali tomonidan qolgan 75% yaʼni 53 928 054 soʻm kredit fuqaro Xudoyqulova Margʻubaga chiqarib berildi va yana bir isteʼmolchining muammosi ijobiy hal qilindi.