Yangiliklar

ISTEʼMOLCHILAR HUQUQLARI QAYTA TIKLANMOQDA!!!

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Olmaliq shahar boʻlimiga 2019-yil 12-iyun kuni Olmaliq shahar Nizomiy koʻchasi 5-uy 14-xonadonda yashovchi fuqaro Temirov Dovron Ermatovichning yozgan shikoyat arizasi kelib tushadi.

Murojaatda koʻrsatilishicha, isteʼmolchi 2019-yil fevral oyida “Kamalak” xududida joylashgan doʻkondan 3 650 000 soʻmga muzlatgich sotib olgan. Ammo muzlatgich bir oy oʻtmasdan buzilib qolgan. Isteʼmolchi doʻkonga murojaat qilganida muzlatgichni oʻzlari taʼmirlab kelishlarini aytishgan. Isteʼmolchi muzlatgichni doʻkonga olib kelib beradi, lekin uch oy oʻtsa ham muzlatgichini ololmay sarson boʻladi.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Olmaliq shahar jamiyati mutasaddilari tomonidan oʻrganish davomida, doʻkon rahbariyatiga tushuntirish ishlari olib borildi, hamda isteʼmolchiga muzlatgich qisqa fursatda, asosiysi sifatli taʼmirlab berildi.

Shu yilning 20-iyun kuni Olmaliq shahar Baynalminalchilar koʻchasi 334-xonadonda yashovchi fuqaro Samirov Sanjar Saidburxonovichning yozgan shikoyat arizasi kelib tushdi. Unda aytilishicha istemolchi Kamalak xududida joylashgan telefon taʼmirlash ustaxonasiga “Samsung 7” rusumli telefon apparatini taʼmirlash uchun bergan. Ammo telefon taʼmirlash ustaxonasi ustasi telefon apparatini sifatsiz taʼmirlab bergan. Hamda “Samsung 7” rusumli telefon apparati fotokamerasini buzib qoʻygan.

Voqea Federatsiya vakillari tomonidan oʻrganish davomida, telefon taʼmirlovchi ustasiga tushuntirish ishlari olib borildi.

Isteʼmolchiga “Samsung 7” rusumli telefon apparati sifatli taʼmirlab berildi. Isteʼmolchining buzilgan huquqlari qayta tiklandi.