Yangiliklar

ISTE’MOL KREDITI OLIB BERILDI

To‘raqo‘rg‘on tuman iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish jamiyatiga To‘raqo‘rg‘on tuman “Isvaxon” MFYda yashovchi fuqaro Matluba Qosimova tomonidan murojaat qildi.

Murojaatda bayon etilishicha M. Qosimova “Agro bank” tuman filialidan 4 mln 200ming so‘mlik “Iste’mol kredit”i olmoqchi bo‘lib kredit bo‘limi mutaxassislari tomonidan talab etilgan barcha xujjatlarni 2019 yil mart oyida topshirgan bo‘lsada xanuzgacha fuqaro M.Qosimova “Iste’mol kredit”ini ololmagan.

Ushbu murojaat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman Iste’molchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan  belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib,  Qosimova Matlubaga “Iste’mol kredit”i olib berildi   va murojaat ijobiy xal etildi.