ISTE’MOLCHI E’TIBORLI BO‘LISHI ZARUR!

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi O‘.Nishonova Samarqand shahridagi asbob-uskunalar bozoridan 570 000 sotib olgan “SXX” 1,5 kVt markali suv chiqarish nasosi yaroqsiz chiqqanligidan norozi bo‘lib, Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Murojaatni jamiyat mas’ullari, tadbirkor va iste’molchi birgalikda o‘rganib chiqdi. Natijada haqiqattan ham suv chiqarish nasosi yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Jamiyat mas’ul xodimlari tadbirkorga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning tegishli moddalari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borgach, sotuvchi xatosini tushunib yetda va O‘.Nishonovaga uskunaning pulini qaytarib berdi.