ISTE`MOLCHI HAQ BO`LIB CHIQDI!

Jizzax viloyat Do`stlik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi fuqaro Feruza G`afforova murojaat qildi.

Murojaatda ta’kidlanishicha, iste’molchining gaz uchun to`lagan 800 000 so`m mablag`i tuman gaz ta’minoti bo`limi tomonidan tuman gaz tarmog`i kompyuter bazasiga qayd etilmagan va fuqaroga qarzdorlik hisoblangan.

Do`stlik tumani jamiyati xodimlari tomonidan mazkur holat bo`yicha o`rganish ishlari olib borildi hamda haqiqatdan iste’molchi F.G`afforovaning qarzdorligi mavjud emasligi, 2018 yil 1 fevral holatiga 800 000 haqdorligi aniqlandi.