“ISTE`MOLCHI HUQUQI – QONUN HIMOYASIDA”

Andijon viloyat Adliya boshqarmasi va Andijon viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi, Bo`z tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda tuman hokimligi hamkorlikda “Iste’molchi huquqi – qonun himoyasida” mavzusida seminar o`tkazildi. Seminarda tuman Adliya bo`limi xodimlari, mahalla fuqarolar yig`ini vakillari, tuman xalq ta’limi bo`limi mutaxassislari, tuman sog`liqni saqlash bo`limi xodimlari va boshqalar ishtirok etdilar. Tashkilotchilar tomonidan yig`ilganlarga O`zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to`g`risida”gi va “Ijtimoiy sheriklik to`g`risida”gi qonunlari bo`yicha keng tushunchalar berildi.