ISTE’MOLCHI HUQUQI — QONUN HIMOYASIDA

Iste’molchi – hamisha haq tamoyili har bir xizmat ko‘rsatuvchi muassasaning doimiy shiori bo‘lmog‘i kerak. Zero, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bugun xalqimizning farovon hayot kechirishini ta’minlash maqsadida amalga oshirayotgan ezgu sa’y-harakatlarida ana shu hayotiy qonuniyat mujassam.

Sho‘rchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Elmurodova joriy yilning fevral oyida “Surxondaryoavtotexxizmat” MCHJga “Lasetti” avtomobili uchun 124 mln. so‘m to‘lov qildi. Shartnoma muddati tugaganiga 1 oy bo‘lgan bo‘lsa-da, avtomobilni ololmayotganidan norozi bo‘lgan fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “ishonch” telefoniga murojaat qildi. Ushbu masala Termiz shahar jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganildi. Qisqa muddatda muammo iste’molchi foydasiga hal etildi. Bundan Sh.Elmurodova jamiyat faoliyatidan minnatdor bo‘ldi.

Hurmatli iste’molchilar, unutmang, huquqlaringiz qonun himoyasida!