ISTE’MOLCHI HUQUQI — QONUN HIMOYASIDA

Jizzax viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari birlashmasi mas’ullari tomonidan Jizzax shahar Bekjo‘ra ko‘chasi 10-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Odil Qarshiboyev murojaat qildi.

Murojaatda ta’kidlanishicha iste’molchi Jizzax shahar Yoshlik ko‘chasida joylashgan “AKFA” romlari savdo do‘konidan yetkazib, o‘rnatib berish sharti bilan 15 800 000 so‘mga eshik-rom xarid qilgan. Lekin savdo do‘koni xodimlari tomonidan yetkazib berish muddati o‘tib ketganiga qaramasdan ish amalga oshirilmagan.

Shahar jamiyati mas’ullari mazkur murojaat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi va savdo do‘koni xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni asosida tushuntirishlar olib borildi. Natijada iste’molchining jihozlari savdo do‘koni xodimlari tomonidan yetkazilib, o‘rnatib berildi.