Yangiliklar

“ISTE’MOLCHI KUTUBXONASI”DA KITOB O‘QING VA NOUTBUKLI BO‘LING

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni hayotga joriy qilish borasida joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Quvasoy shahridagi 13-umumta’lim maktabida tashkillashtirilgan “Bilimli kitobxon” tanlovi ham shunday tadbirlardan biri bo‘ldi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan ushbu maktab kutubxona fondiga o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqshini oshirish maqsadida kitoblar sovg‘a qilindi. O‘quvchilar bilan suhbat jarayonida  shu maktabning eng ko‘p kitob o‘qigan bir nafar o‘quvchisiga Federatsiya mablag‘lari hisobidan noutbuk sovg‘a qilinishi taklifi bildirilgandi. O‘quv yilining so‘ngi kunlarida esa ishlar sarhisob qilindi.

Maktabning yuqori sinflarida o‘qiydigan eng yaxshi kitobxon o‘quvchilari ishtirok etgan mazkur tadbir yakunlariga ko‘ra 10-sinf o‘quvchisi Ashuralieva Shohsanam g‘oliblikka munosib deb topildi. Tanlov g‘olibiga hududiy birlashma mas’ul xodimlari tomonidan so‘ngi rusumdagi, zamonaviy noutbuk, boshqa ishtirokchilarga esa kitoblar va esdalik sovg‘alari topshirildi.