ISTE`MOLCHI MANFAATI QONUN HIMOYASIDA

G`ijduvon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Navoiy viloyat Qiziltepa tumani “Vang`ozi” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro Surayyo Ochilova murojaat qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, iste’molchi Surayyo Ochilova G`ijduvon tumani markazidagi savdo do`konlarining biridan “Biryusa M10” markali muzlatgich xarid qilgan. Ammo bir necha kundan so`ng, muzlatgichning nosozligi ma’lum bo`lgan. Iste’molchi savdo do`koni xodimidan nosoz mahsulotni boshqasiga almashtirib berishini yoki pulini qaytarishini so`ragan. Savdo xodimi esa bunga rozi bo`lmagan.

Mazkur murojaat bo`yicha tuman jamiyati xodimlari o`rganish olib bordi hamda fuqaro murojaati asosli ekanligi aniqlandi. Tuman jamiyati mas’ullari tomonidan savdo do`koni xodimlariga O`zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonuni asosida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada nuqsonli mahsulot yangisiga almashtirib berildi.