ISTE’MOLCHI MINNATDOR BO‘LDI

Quvasoy shahar jamiyati tomonidan Quvasoy shahar, A.Azizov ko‘chasida yashovchi D.Rustamovaning Farg‘ona shahar dehqon bozori xududida joylashgan “Artel” savdo majmuasidan sotib olgan “Samsung J5-2017” rusumli telefon apparatining sifatidan norozi bo‘lib yozgan arizasi o‘rganildi.

Aniqlanishicha, D.Rustamova 27.04.2018 yil kuni “Artel” savdo majmuasida joylashgan do‘kondan “Samsung J5-2017” rusumli telefon apparatini 1 500 000 so‘mga sotib olgan. Telefon apparatini uyiga olib borib ishlatganida, telefonning “wi-fi” funksiyasida nosozlik aniqlangan. Iste’molchi 1 may kuni sotuvchiga nosozlik to‘g‘risida murojaat qilgan. Sotuvchi iste’molchiga “Samsung” servis markaziga murojaat qilishini tushuntirgan. Servis markazida mutaxassislar telefonni ta’mirlash kerakligini aytishgan. Iste’molchi yangi telefonning ta’mirlanishiga rozi bo‘lmagan.

O‘rganish davomida do‘kon rahbariga qonuniy tushuntirishlar berildi. Natijada iste’molchiga sotuvchi tomonidan yangi “Samsung J5-2017” rusumli telefon berildi.