ISTE`MOLCHI O`Z HUQUQINI BILISHI KERAK!

O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari fedaratsiyasiga Baliqchi tumani, Baliqchi qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro Fayzullo Temirov murojaat qildi.

Murojaatda iste’molchi Namangan shahrida joylashgan “Texno park” savdo markazidan 1 450 000 so`mga xarid qilgan “Xiaomi Mi 5x” rusumli telefon apparati nuqsonli chiqqanidan norozi bo`lib, amaliy yordam so`ragan.

Ushbu murojaat yuzasidan Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati o`rganish olib bordi va sotuvchiga qonuniy tushuntirishlar berildi.

Natijada sotuvchi iste’molchiga “Xiaomi Mi 5x”rusumli telefon apparati haqiqattan ham nuqsoni borligi sabab fuqaro F.Temirovga 1 450 000 so`m pulini qaytarib berdi.