ISTE`MOLCHI O`Z HUQUQINI BILISHI KERAK!

Navoiy viloyat Qiziltepa tumani “Bo`ston” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro Suhrob Sevinov 2018-yil 12-may kuni G`ijduvon shahrida joylashgan savdo do`konidan 1 150 000 so`mga “Redmi 5” rusumli mobil telefon sotib olgan. Telefonni uyiga olib borib ishlatganida internet funksiyasi yaxshi ishlamaydi. Shu sababli telefonni do`konga qaytarib keladi. Sotuvchi esa sifatsiz mahsulotni qaytarib olmaydi.

Iste’molchi ushbu masalada ko`mak so`rab G`ijduvon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojoat qildi.

Tuman jamiyati xodimlari holat bo`yicha o`rganish olib borib, do`kon sotuvchisiga qonuniy tushuntirishlar berdi. Natijada sotuvchi iste’molchiga telefon uchun to`lagan mablag`ini qaytarib berdi.