ISTE`MOLCHI QARZDOR BO`LMASA-DA, TARMOQDAN UZILGAN!

Muzrabot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning “Sopollitepa” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Ch.Karimov ariza bilan murojaat qildi. Unda keltirilishicha, iste’molchining elektr energiyadan qarzdor ekanligi haqida dalolatnoma tuzilib, tuman majburiy ijro byurosi xodimi tomonidan xonadon elektr energiyasi tarmog`idan uzib qo`yilgan.

Tuman jamiyati mas’ullari tomonidan murojaatni o`rganish davomida fuqaroning 2017 yil iyul oyi holatiga elektr energiyadan 245 000 so`m haqdor ekanligi oydinlashib, joriy yilning may oyi holatida ham uning qarzdor emasligi aniqlandi.