ISTE’MOLCHI — QONUN HIMOYASIDA!

Chortoq tuman “Laskidon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Jamila Karimova Chortoq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Murojaatda Chortoq tumani gaz ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan iste’molchiga 1 500 000 so‘m qarzdorlik hisoblagani, lekin u doimiy ravishda to‘lovni amalga oshirib kelgani qayd etilgan va shu masalaga aniqlik kiritib berishda amaliy yordam so‘ralgan.

Murojaat tuman jamiyati mas’ullari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi hamda “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari asoida o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida ushbu fuqaroga tuman gaz korxonasi tomonidan qo‘yilgan 1 500 000 so‘m qarzdorlik asossiz ekanligi o‘z isbotini topdi. Hisoblangan noreal qarzdorlik iste’molchidan olib tashlandi.