Yangiliklar

ISTE’MOLCHI TA’MINOTCHIDAN EMAS, TA’MINOTCHI ISTE’MOLCHIDAN QARZDOR

Qashqadaro viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Qarshi shahar, Mahallot MFY, A. Yassaviy ko’chasi, 14-xonadonda yashovchi fuqaro A. Karimov tomonidan “O’ztransgaz” aktsionerlik jamiyati Qashqadaryo viloyati bo’yicha gaz ta’minoti xududiy filiali korxonasidan norozi ekanligini ma’lum qilgan. Murojaatda fuqaro to’lovni muntazam ravishda o’z vaqtida to’lab kelayotganligini, bundan tashqari nafaqasidan 2 998 628 so’m ushlab qolganligini bildirgan. Shunga qaramay xonadon gaz tarmog’idan uzib ketilgan va fuqaroga 1 373 047 so’m qarzdorlik hisoblagan.
Ushbu murojaat bo’yicha Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati iste’molchining manfaatini himoya qilish maqsadida Fuqoralik ishlari bo’yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Tumani sudi da’vo ishini atroflicha o‘rganib chiqib, fuqoraning qarzdorligini asossiz dep topdi.