ISTE’MOLCHI UNUTMANG — HUQUQINGIZ QONUN HIMOYASIDA

Urganch shahar, K.Bekzod ko‘chasida yashovchi fuqaro B.Ibragimova Xonqa tumanida joylashgan maishiy texnika savdo do‘konidan 3 050 000 so‘mga kiryuvish mashinasi sotib olgan, ammo 1 oy o‘tar-o‘tmas kiryuvish mashinasi nosoz bo‘lib qolganidan norozi bo‘lib, servis markazi xodimlariga murojaat qilgan. Servis markazi xodimlari ushbu kiryuvish mashinasini tekshirib ko‘rib, nuqsoni mavjudligi to‘g‘risida xulosa bergan. Iste’molchi B.Ibragimova savdo do‘koniga borib ushbu nuqsonli kiryuvish mashinasini yangisiga almashtirib yoki pul mablag‘ini qaytarib berishini so‘ragan va do‘kon sotuvchisidan rad javobini olgan.

Iste’molchi B.Ibragimova o‘zining iste’molchi sifatida buzilgan haq-huquqlarini o‘zi himoya qila olmagach Urganch shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Jamiyat xodimlari ushbu murojaatdagi xolatlarga oydinlik kiritish maqsadida o‘rganish olib bordi. O‘rganish jarayonida ushbu murojaatdagi holat haqiqatligi aniqlandi va iste’molchining talabi to‘liq qanoatlantirildi, sifatsiz kiryuvish mashinasining puli qaytarib berildi.