ISTE’MOLCHIDAN 710 MING SO‘M ORTIQCHA QARZDORLIK OLIB TASHLANDI

Jomboy tumani “Qoramo‘yin” mahallasi “Sabaloq” qishlog‘ida yashovchi fuqaro Qahramonov Jonibek tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan uning xonadoniga 950 000 so‘m noreal qarzdorlik hisoblanganidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga qilgan murojaati hududiy jihatdan tegishliligi bo‘yicha Jomboy tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib chiqildi. Fuqaro murojaati Jomboy tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimi, tuman Elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari va iste’molchi ishtirokida o‘rganildi. O‘rganish davomida iste’molchi to‘lagan to‘lovlar o‘z vaqtida kompyuter bazasiga kiritilmaganligi bois qarzdorlik kelib chiqqanligi aniqlandi. Iste’molchining to‘lovlari qayta hisob-kitob qilinganda haqiqiy qarzdorlik 240 000 so‘m ekanligi aniqlandi. Iste’molchidan 710 000 so‘m qarzdorlik olib tashlandi va qolgan qarzdorlik summasi shu kunning o‘zida to‘lov qilindi.