ISTE’MOLCHILAR FЕDЕRATSIYASI DЕLЕGATSIYASI BSI TADBIRIDA ISHTIROK ETDI.

Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi delegatsiyasi Britaniya standartlar institutiga taklifiga binoan uning Iste’molchilar va jamoatchilik manfaatlari tarmog‘i tashkil etgan “Himoyalanmagan iste’molchilar: O‘zgarayotgan dunyoda barcha uchun yaxshi natijalarga erishish” mavzusida tashkil etilgan konferensiyada ishtirok etdi.

Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov BSIning Iste’molchilar va jamoatchilik manfaatlari siyosati va hamkorligi boshqarmasi boshlig‘i Richard Kollin bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.