Yangiliklar

ISTE’MOLCHILARNI QIYNAYOTGAN ASOSIY MUAMMO ASOSSIZ QARZDORLIK

Buxoro viloyati Romiton tumani Zarafshon mahallasi S. Ayniy ko‘chasi 1-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Xudoyorova Mavjuda xonadoniga  Romitan tuman Majburiy ijro Byurosi xodimlari tomonidan 3 000 000 so‘m asossiz qarzdorlik hisoblanganligidan norozi bo‘lib tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozgan arizasida qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida» gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida» gi qonun talablarini inobatga olib, iste’molchi  arizasi tuman jamiyati hamda tuman Majburiy Ijro Byurosi mutaxassislari ishtirokida atroflicha o‘rganildi.

Mazkur arizada ko‘rsatib o‘tilgan holat bo‘yicha 3 000 000 so‘m asossiz qarzdorlik ekanligi aslida gaz to‘lovidan 40 ming so‘m qarzdorligi mavjudligi aniqlanib murojaat ijobiy hal etildi.