Yangiliklar

ISTE’MOLCHILARNING 85 MILLIONGA YaQIN KOMMUNAL QARZI TO‘LAB BERILDI

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1-maydagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-4303-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

         Shu munosabat bilan federatsiya tomonidan “Ijtimoiy ko‘mak” xayr ehson aksiyasi o‘tkazildi. Aksiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri xududiy birlashmalari mutaxassislari faol qatnashib imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan, ehtiyojmand insonlar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kommunal xizmat to‘lovlaridan qarzlari to‘lab berildi.

-Hozirda bu aksiyaga 537 ta oila qamrab olinib, ularga federatsiya hisobidan 85 millionga yaqin mablag‘ ajratilib, gaz, elektr energiyasi, issiq suv ta’minotlaridan qarzlari to‘lab berildi. Muborak Ramazon oyini har bir musulmon yaxshi kutib olishga, atrofdagilarga yordam ko‘rsatishga intiladi. Federatsiya mutaxassislari bunday xayrli aksiyalarni o‘tkazishda davom etadi,-deydi federatsiya raisi  o‘rinbosari I. Tagaev.     

Mehr-muruvvat tadbirlari viloyat bo‘ylab davom etmoqda.