ISTE’MOLCHINING QARZI QANCHALIGI ANIQLANDI

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga To‘rtko‘l tumani To‘rtko‘l ko‘chasi 26-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro U.Q. murojaat qildi. Unga ko‘ra xonadonga elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 357 000 so‘m qarzdorlik qayd qilingan.

Mazkur murojaat To‘rtko‘l tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan xonadonga borib, o‘rganib chiqildi. Jarayonda, uydagi 0121026-sonli hisob raqamida DDS 283m rusumli 1298129-zavod raqamli plastik hisoblagich o‘rntilganligi, iste’molchi tomonidan 18228 kVtgacha to‘lovlar amalga oshirilganligi aniqlandi. Natijada, fuqaroning aslida elektr ta’minoti korxonasidan qarzdorligi 357 000 emas, 193 167 so‘m ekanligi aniqlandi.