Bayramga munosib sovgʻa

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov Buxoro viloyat hududiy birlashmasiga “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinasini topshirdi.Vataniimiz mustaqilligining 27 yilligi tantanasiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirda mazkur mashina hududiy birlashma, tuman, shahar jamiyatlariga ajoyib sovgʻa boʻldi. Hududiy birlashma faoliyatining tizimli tashkil etilishi natijasida fuqarolar isteʼmoli sifatida huquq va erkinliklari taʼminlanmoqda. Mashinanin berilishi esa chekka chekka qishloqlardagi isteʼmolchilar uchun ham amaliy yordam berishga va xizmatlar tezkor amalga oshirilishiga xizmat qiladi.