JAMOATCHILIK NAZORATINI TA`MINLASHDA IJTIMOIY SHERIKLIKNING O`RNI

Samarqand viloyat Adliya boshqarmasida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan hamkorligidagi reja asosida O`zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to`g`risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to`g`risida”gi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunlari targ`iboti hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan o`quv seminari bo`lib o`tdi. Seminarda birlashma va uning tuman (shahar) jamiyatlari mutaxassislari, viloyatda faoliyat ko`rsatayotgan

nodavlat – notijorat tashkilotlari, shuningdek, Yoshlar ittifoqining viloyat, shahar va tuman kengashlaridan vakillar ishtirok etishdi.

Tadbirni viloyat Adliya boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari O.Toshniy ozov ochib, yuqorida qayd etilgan qonunlar targ`iboti yuzasidan joylarda olib borilayotgan ishlar va qonunchilikdagi yangiliklar xususida davra ishtirokchilariga ma’lumot berdi.

“Hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va bildirilayotgan katta ishonchni oqlash uchun biz qanday yo`l tutishimiz lozim. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, nima qilsak, xalq bizdan rozi bo`ladi?” — Hududiy birlashma raisi I.Hasanova o`z ma’ruzasida shu kabi masalalarga alohida to`xtaldi.

Seminar yakunida tadbir tashkilotchilari ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.