KЕLISHILGAN NARHGA QO‘SHIMCHA SO‘RASHDI

Buxoro shahar “Xo‘ja Ismat Buxoriy” ko‘chasi 34 uyda yashovchi fuqaro Surayyo Hamidova Buxoro shahar “Mustaqillik” ko‘chasida joylashgan “Shadozi” baxt liboslari salonidan 2 ta kelin ko‘ylagini ijraga olmoqchi bo‘ladi va salon xodimlari bilan 2 400 000 so‘mga ijaraga olishga kelishadi. 1 000 000 so‘m to‘lovini oldindan berib qo‘yadi. Bir kundan so‘ng ko‘ylaklarning qolgan pulini berish chog‘ida ko‘ylaklardan biri salgina qirilgani sababli salon xodimlari bu ko‘ylakni qirilgan joyini tuzatish uchun yana 500 000 so‘m so‘rashgan. Iste’molchining o‘zim tuzattirib beraman yoki sal kamroq bersam bo‘ladimi, degan gapiga liboslar saloni xodimlari parvo ham qilmaydi va aytgan pulimni bering, o‘zimiz tuzattiramiz deb turib oladi. Ilojsiz qolgan fuqaro Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Mazkur murojaatni o‘rganish davomida jamiyat xodimlari “Shadozi” baxt liboslari saloni rahbariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni talablarini buzganini tushuntirdi. Xatosini anglagan tadbirkor iste’molchi Surayyo Hamidovaga 500 000 so‘m pulini qaytarib berdi.