Yangiliklar

KAFOLAT VAQTIDA NOSOZ MAHSULOT QAYTARILADIMI?

Samarqand viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Samarqand shahrida yashovchi fuqaro Sh. Ibragimova murojaat qildi. U o’z murojaatida Samarqand shahridagi “Atlas”  maishiy texnikalar do‘konidan  12 mln 800 ming so‘mga  “SMART”  rusumli zamonaviy televizor xarid qilganligini va 20 kun o‘tar-o‘tmas nosozligi ma’lum bo‘ldi. Servis xizmati uskuna zavoddan yaroqsiz holda chiqqan, deb xulosa bergach, haridor do‘konga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Do‘kon ma’muriyati aynan shunday rusumli televizor o‘rniga boshqa rusumdagisini taklif qildi, oradagi farqni esa to‘lab berishni rad etdi.

Vaziyat atroflicha o‘rganilib,  iste’molchi talabi qondirildi.  Ya’ni  iste’molchiga 10 mln. 377 ming so‘mlik televizor  berildi va 1 mln. 907 ming so‘m  farq to‘liq qaytarildi.