“KECHIKKAN” PUL!

Sherobod tumani “Mehrobod” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Bekzod Normurodov O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat yo`lladi.

Murojaat hududiyligi bo`yicha Sherobod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o`rganildi.

Murojaatda ta’kidlanishicha iste’molchining bundan 3 yil oldin ya’ni, 2015-yilda foydalanilgan elektr energiyasi uchun to`lagan 357 000 so`m mablag`i uning hisob raqamiga tushmagan. Shu bois, iste’molchiga nisbatan noreal qarz hisoblangan.

O`rganishlar yakunida uch yil oldin to`langan pul iste’molchining hisob raqamiga o`tkazib berildi.