KIM AYBDOR? SOTUVCHIMI? YOKI ISTE’MOLCHI?

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasida tashkil qilingan “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga Qo‘shko‘pir tuman Ittifoq qishlog‘ida yashovchi fuqaro Xayitov Sirojbek murojaat qilib, Xiva shahrida joylashgan “Mohinur” do‘konidan kreditga “Artel” 1/30 markali televizorga 3 500 000( uch million besh yuz ming) so‘m pul o‘tkazgan, ammo do‘kon sotuvchilari tomonidan haridorga u to‘lov qilgan televizorning narxi oshib ketganligi sababli o‘rniga “Artel” 1/10 markali televizor berilishini ma’lum qilgan. Ushbu murojaat Qo‘shko‘pir tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganildi. “Mohinur” do‘koniga borib Hayitov Sirojbek qanday markali televizorga shartnoma qilganligiga aniqlik kiritildi. Ma’lum bo‘lishicha fuqaro shartnomada belgilangan televizor diametri 1/10 ekanligiga ahamiyat bermay 1/30 diametrli deb shu telivizor uchun 3500000 (uch million besh yuz ming) so‘m pul o‘tkazgan. Hammasiga aniqlik kiritilganidan so‘ng fuqaro Hayitov Sirojbek do‘kon bilan shartnomani bekor qilmoqchi ekanligini ma’lum qildi va uning hisob raqamiga 3500000( uch million besh yuz ming) so‘m qaytarib o‘tkazib berildi.