Yangiliklar

KIR YUVISH MASHINASI YANGISIGA ALMASHTIRILDI

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsisi Navoiy viloyati Navoiy shahar jamiyatiga Iso Norov ko‘chasi 4-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Jamshid Xaitov yozma murojaat qilib, unda Navoiy shahrida joylashgan savdo do‘konidan 4.600.000 so‘mga sotib olgan “AVALON” rusumli kir yuvish mashinasini xarid qilgan, ammo uyiga kelib ishlatib ko‘rganida yaroqsiz holda ekanligini ko‘rgan. Kir yuvish mashinasini savdo do‘koniga qaytarib olib boradi. Lekin do‘koni sotuvchisi endi o‘z tovarini qaytarib olishdan yoki to‘langan pul mablag‘ini qaytarishdan bosh tortadi.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi va fuqaro Jamshid Xaitovga kir yuvish mashinasi sifatlisiga almashtirib berilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.