“KO‘NGIL OBODLIGI” KO‘RSATUVI HAM TARG‘IBOTGA BAG‘ISHLANDI

Aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish vahar bir oilada iste’mol madaniyatini oshirish bugungi kundadolzarb mavzulardan biridir. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining asosiy maqsadlaridan biri ham shu. Mazkur maqsadlar yo‘lida federatsiyaning bir qator xodimlari qatorida Umida Mansurovaning ozmi-ko‘pmi hissasi bor. U.Mansurovaning “Yuksak iste’mol madaniyati”, “Iste’molchi qonun himoyasida”, “Fuqarolar murojaati hamisha e’tiborda” kabi o‘ndan ortiq mavzudagi ma’ruzalaridan respublikada faoliyat yuritayotgan ko‘plab korxona, tashkilot, muassasalarning xodimlari va mahalla aholisi boxabar. Mazkur ma’rifiy tadbirlarda aholi, xususan yoshlar iste’molchilik borasidagi bilimlari ya’ni iste’molchi kim, uning haq-huquqlari nimalardan iborat, muammolarga duch kelganda kimga va qanday murojaat qilishi kerakligi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni olmoqdalar. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari orqali olib borilayotgan targ‘ibotlar ham ko‘pchilikka foydali bo‘lmoqda.

“O‘zbekiston” telekanalida namoyish etiladigan “Ko‘ngil obodligi” ko‘rsatuvining navbatdag isonida Matbuot, axborot, jamoatchilik bilan ishlash va xorijiy aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi U. Mansurova Federatsiyadagi faoliyati, oilasi va jamiyatda tutgan o‘rni haqida hikoya qilindi.