KO`NGIL OBODLIGI YO`LIDA!

O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan qishloq joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirilishiga ko`maklashish hamda

qishloq aholisi uchun munosib turmush sharoitini yaratish maqsadida tashkil etilgan “Obod xonadon — yurt ko`rki” loyihasi doirasida Buxoro viloyati, Romiton tumani, Hasanobod qishlog`ida istiqomat qiluvchi ikkinchi guruh nogironi Umid Tohirovning xonadonida ta’mirlash ishlari yakunlandi.

Respublikamizning obod xonadonlaridan biriga aylantirilgan ushbu xonadonda O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi tomonidan mahalla oqsoqollari, jamiyat ishchi-xodimlari uchun iftorlik dasturxoni yozildi.