KUCHLI FUQAROLIK JAMIYATI QURISH YO‘LIDA…

2018 yilning 4 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PF – 5430-son Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi.

Maslahat kengashi faoliyati bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Mazkur maslahat kengashi tarkibida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqovning ham borligi, yurt rahbarining O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga bo‘lgan katta ishonchini bildiradi. Bu albatta, bizga katta mas’uliyat yuklaydi.

Shuningdek, Farmonda talablaridan kelib chiqib,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida nodavlat notijorat tashkilotlarining hududiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, bo‘shab yotgan va samarali foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari negizida 2019 yil 1 yanvargacha “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari” tashkil etiladi;

“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etildi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari tashkil qilinadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) Kengashlarida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari masalalari bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiyalar tashkil etiladi;

nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga doir masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining eshituvlari tashkil etiladi.