MAHSULOT SIFATSIZLIGI SABABLI ISTE`MOLCHI SARSON BO`LDI

Buxoro viloyatining Peshku tumanidan Samarqandga mehmon bo`lib kelgan Baxtiyor Hamdamov shahar markazidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozoridan

2 560 000 so`mga karcher uskunasini sotib oladi. Uyiga qaytgandan so`ng uni ishlatib ko`rmoqchi bo`ldi. Shuncha yo`ldan keltirgan uskunasi, afsuski, nosoz ekan. Yo`l olisligiga qaramasdan, u yana Samarqandga qaytib, bozor hududidagi do`konga keldi va vaziyatni tushuntirdi. Do`kon sotuvchilari iste’molchi Hamdamovning talablariga rad javobi berishgach, u hududiy birlashmaning shahar jamiyatiga murojaat qildi. Jamiyat mutaxassislari tomonidan vaziyat o`rganildi. Do`kon xodimlariga O`zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunining 13-, 14-, 15-, 16- va 17-moddalari tushuntirilgach, sotuvchi o`z xatosini tan oldi va iste’molchi huquqi tiklandi.

G.Berdiyorova