MAHSULOT YAROQSIZ CHIQQANDA…

Toshkent viloyati, Parkent tumani, Yangihayot ko‘chasida yashovchi fuqaro O‘ktam Yo‘lchiyev O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qildi.

Murojaatda ta’kidlanishicha iste’molchi O‘.Yo‘lchiyev “O‘rikzor bozori”dagi qurilish mollari do‘konidan uy shifti uchun dekor plastik mahsulotini 1 200 000 so‘mga xarid qilgan. Mahsulotni uy shiftiga o‘rnatish jarayonida sifatsiz va yaroqsiz ekanligini ma’lum bo‘lgan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Toshkent shahar hududiy birlashmasi mutaxassislari murojaat yuzasidan o‘rganish olib bordi va fuqaroning gaplari rost ekanligini aniqlandi. Savdo do‘koni xodimlariga qonuniy tushuntirishlar olib borildi va iste’molchining 1 200 000 so‘m puli o‘ziga qaytarib berildi.