MARDLIK, BURCH VA SADOQAT

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 94 yoshni qarshilayotgan Akbarali ota Askarov Farg‘ona shahridagi “Simtepa” mahallasida istiqomat qiladilar. Akbarali ota o‘zbek xalqining chin farzandi sifatida urush jangohlarida mardlik namunalarini ko‘rsatib, Vatan, el, yurt oldidagi burchini sadoqat bilan o‘tagan.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi mas’ullari Farg‘ona shahar Mudofaa ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda otaxonning xonadonida bo‘ldi. Otaxonni bayram bilan tabriklab, unga Federatsiya mablag‘lari hisobidan kommunal xizmatlari to‘lovini amalga oshirish uchun 250 000 so‘mlik sertifikat topshirildi.

Farg‘ona shahar 4-sonli Musiqa va san’at maktabi vakillari tomonidan ijro etilgan milliy qo‘shiqlarga otaxon ham o‘ynab berdilar. Tashrif nihoyasida Akbarali ota yurtimizda hech qachon urush bo‘lmasigini, tinchlik-xotirjamlik hukm surishini, xonadonlardan fayzu baraka arimasligini tilab duo qilib qoldilar.