NAMAGANLIK YOSHLAR NIMA DЕYDI?!

Yoshlar tarbiyasiga mas’ul rahbarlar faoliyatiga ko‘maklashish hamda yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish maqsadida bir qator idora va tashkilotlar rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan tuzilgan ishchi guruh Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Ishchi guruh a’zolari viloyatdagi ta’lim muassasalari hamda tashkilotlarda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib yoshlarni o‘ylantirayotgan muammolarga tegishli yechimlar topib, ularning kelajakdagi orzu-istaklari bilan qiziqdilar. Shuningdek, yoshlarning bugungi kunda olib borilayotgan davlat siyosatiga bo‘lgan munosabatlari hamda kayfiyatlari ham yaqindan o‘rganilmoqda.

Ishchi guruh tarkibida O‘zbeksiton iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining yoshlar masalari bo‘yicha o‘rinbosari Inomjon Tog‘ayev ham bo‘lib, u viloyatdagi yoshlarga iste’mol va huquqiy madaniyatning yuqori bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida o‘z tavsiyalarini berdi.

Muloqotlarda faol qatnashgan Namanganlik yoshlar o‘zlarini qizirtirgan savollarga yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullardan tegishli javoblar olishdi.