NAMANGAN VILOYATI HOKIMI BILAN UCHRASHUV

Namangan viloyati hokimi X. Bazarov hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J. Sarimsoqov Namangan viloyatida federatsiya tomonidan o‘tkazilayotgan “Obod xonadon – yurt ko‘rki” loyihasi hamda “Ijtimoiy ko‘mak” aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida ushbu yo‘nalishlarda qilinishi zarur bo‘lgan rejalar hususida, shuningdek, aholining muammolarini o‘rganish va ularni tizimli hal etishning samarali mexanizmlarini hayotga tadbiq etish, davlat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish borasida fikr almashishdi.

Viloyat hokimi X.Bazarov aholining iste’mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni, fuqarolarning farovon hayot kechirishi, ularning bugunidan rozi bo‘lib, ertangi kunga bo‘lgan ishonchining ortishi uchun federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslarni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.