NAMANGANDA URUSH QATNASHCHILARI HOLIDAN XABAR OLINMOQDA

Namangan viloyati Chortoq tuman jamiyati tomonidan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qoraboev Xolmirza otaning, shuningdek, Uychi tuman jamiyati tomonidan ham Uychi tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Rahmatullaev Ismatillo otaning holidan xabar olinib, otaxonlarga bayram sovg`alari taqdim etildi.