“NAQD PULGA ISHLAYMIZ!”

O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga Samarqand shahrining Sartepa massivida istiqomat qiluvchi  Vladislav Tapolskiy murojaat qildi. Unda aytilishicha,  ushbu hududda joylashgan paynet tizimidagi xizmat ko`rsatish shahobchalari kassa apparat va terminallar bilan to`liq  ta’minlanmagan. Aholiga ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatidan iste’molchi  noroziligini bayon qilgan. Murojaat Samarqand shahar jamiyati mas’ullari tomonidan o`rganildi. Ma’lum bo`lishicha, vaziyat Tapolskiy  ta’kidlaganidek, mavjud  shahobchalarning deyarli 60 foizida  yuqoridagi muammolar qayd etildi. “Terminalimiz to`lib qoldi”, “Kassa apparatimiz buzilgan”, “Terminalga bankka ariza berilgan, javobini kutyapmiz” va hokazo.

Tadbirkorlar tomonidan aytilgan bu bahonalar qonun talablariga, soliq qonunchiligiga zid ekanligi  huquqshunoslar tomonidan tushuntirib berildi. Shunga asosan, yig`ilgan barcha hujjatlar chora ko`rilishi uchun shahar soliq inspeksiyasiga jo`natildi.