Yangiliklar

“NEXIA-3” AVTOMASHINASI PULI QAYTARIB OLIB BERILDI

Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida joriy yilning fevral oyida Buxoro viloyat Vobkent tumani Yangikent QFY Shirin qishlog‘ida yashovchi fuqaro I.Ramazonovning og‘zaki murojaati ro‘yxatga olingan.

Ushbu murojaatda qayd etilishicha iste’molchi 2018 yil 6 avgust kuni “Umid savdo fayz invest” MChJdan “NEXIA-3” rusumli avtomashinasi 2-pozitsiyani xarid qilish uchun shartnoma tuzgan (34 750 000 so‘m), ammo avtomashinani o‘z vaqtida yetkazilmaganidan noroziligini ma’lum qilgan.

Iste’molchining murojaati jamiyat xodimlari tomonidan sinchiklab o‘rganilganda, haqiqatdan ham istemolchi haq ekanligi ayon boldi.

“Umid savdo fayz invest” MChJ vakillari bilan iste’molchi va tadbirkorning huquqlari borasida suhbat o‘tkazildi, tushuntirish ishlari o‘tkazildi, hamda iste’molchining 34 750 000 so‘m naqd puli to‘liq qaytarib olib berildi.