NOQONUNIY ABONЕNTGA 5 MILLION SO‘M QARZDORLIK HISOBLANDI

G‘uzor tumani Toshguzar qishlog‘ida yashovchi fuqaro X.Qo‘ldoshev tuman elektr ta’minoti korxonasi xizmatidan norozi bo‘lib, xonadoniga qo‘shimcha 102070047144-abonent raqami ochilganligi va ushbu abonent raqam orqali 5 127 827 so‘m qarzdorlik hisoblanganligi haqida yozgan arizasi G‘uzor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushdi.

Tuman jamiyati xodimlari tomonidan mazkur murojaat o‘rganildi. Aniqlanishicha, fuqaro xonadoni iste’molchi sifatida 102070047145-son bilan tuman korxonasida ro‘yxatga olingan va SЕ 102 10A-rusumli davod raqami 008639065157726-bo‘lgan elektr hisoblagich orqali elektr energiyasidan foydalanib kelgan. Iste’molchi sarf qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirgan, qarzdorlik mavjud bo‘lmagan. Biroq, tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari tomonidan iste’molchi bilan shartnoma va boshqa asoslovchi hujjat tuzmasdan fuqaro nomiga qo‘shimcha 102070047144-sonli abonent raqami ochilgan va asossiz 5 124 827 so‘m qarzdorlik hisoblangan.

Ishda to‘plangan hujjatlar asosida qo‘llanilgan qarzdorlikni undirish bo‘yicha asoslovchi hujjatlar TETK ma’lumotlar bazasida mavjud emasligi sababli ta’minotchi korxona rahbariyati tomonidan xodimlarining e’tiborsizlik oqibatida ochilgan abonent raqami harakatdan to‘xtatilib, ushbu abonent raqami orqali hisoblangan 5 124 827 so‘m qarzdorlik umidsiz qarzdorliklar ro‘yxatiga kiritilib, iste’molchi hisobidan chiqarildi.