NOSOZ EHTIYOT QISMLAR SOTUVCHIGA QAYTARILDI

Boysun tumani “Kosiblar” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Rustam Bo‘riyev tumandagi avto ehtiyot qismlar sotish bilan shug‘ullanuvchi do‘kondan avtomashinasi uchun 450 000 so‘mga 2 dona amortizator ehtiyot qismi sotib oladi. Biroq, oradan hech qancha vaqt o‘tmay, ehtiyot qismlar ishdan chiqadi. Bundan sotuvchini ogoh qilib, tovarni boshqasiga alishtirib berishini iltimos qilgan iste’molchi undan qat’iy rad javobini oladi. Shundan so‘ng, bo‘lgan voqea yuzasidan o‘zi istiqomat qilayotgan tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qilib, mazkur masalada amaliy yordam berishlarini so‘radi. Murojaat o‘z vaqtida jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, haridorning haq ekanligi isbotlandi va ehtiyot qismlar uchun to‘langan 450 000 so‘m pul mablag‘i o‘z egasiga qaytarildi.