NOSOZ GAZ HISOBLAGICH ALMASHTIRILDI

Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Jalabek” mahalla fuqarolar yig‘ini “Mevazor” ko‘chasida yashovchi fuqaro Aliyev Temurmalik joriy yil mart oyida Andijon shahrida joylashgan “Shinam” savdo majmuasidan 800 000 (sakkiz yuz ming) so‘mga gaz hisoblagich olganini, olgan gaz hisoblagichi nosoz chiqqanini aytib Andijon shahar jamiyatiga murojaat qildi. 

Fuqaroning bu arizasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilib, Andijon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan nosoz gaz hisoblagich yangisiga almashtirilib berildi.