Yangiliklar

NOSOZ KOMPRESSORNI PULI QAYTARIB OLIB BERILDI

2019 yil 7 may kuni Namangan viloyati Uychi tumani Dexqonobod ko‘chasida yashovchi S.M. Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Murojaatda yozilishicha 2019 yil aprel oyida Namangan shaxar “Jaxon bozori” savdo kompleksidan 1 050 000 so‘mga kompressor sotib olgan. Qisqa muddat ichida kompressor nosoz bo‘lib qolgan. Shundan so‘ng fuqaro o‘zi xarid qilgan savdo do‘konga borib vaziyatni tushuntirishiga qaramay, tadbirkor tomonidan rad javobi berilgan

Murojaat shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan jamoatchilik asosida kuzatuv o‘rganish monitoringi o‘tkazilib, o‘rganish yakuni bo‘yicha xususiy tadbirkordan fuqaro S.Mga 1.050.000 so‘m naqd pul qaytarib olib berildi va   iste’molchining huquqini tiklashga erishildi.