Yangiliklar

NOSOZ TELEFON UCHUN TOʻLANGAN PUL ISTEʼMOLCHIGA QAYTARILDI

2019-yil 7-mayda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro shahar jamiyatida  Jondor tuman Pahlavon MFY Oʻrbogʻi qishlogʻi 510-uyda yashovchi fuqaro K.E.Avezovning ogʻzaki murojaati roʻyxatga olingan.

Isteʼmolchi murojaatida Buxoro shahar Ibn Sino koʻchasidagi Markaziy dehqon bozori roʻparasida joylashgan YATT Safarova Malikaga qarashli 10-son savdo doʻkonidan noroziligini bildirgan. Isteʼmolchi 2019-yil 1-yanvar kuni Samsung J1 rusumli qoʻl telefonini 575 000 soʻmga toʻlovni bank plastik kartochkasi orqali amalga oshirgan holda xarid qilib olgan, ammo koʻp oʻtmay telefon sifatsizligi maʼlum boʻlgan. Doʻkonga murojaat qilganida xodim rad javobini bergan. Muammo ijobiy hal boʻlmagandan soʻng, isteʼmolchi jamiyatga murojaat qilgan.

Murojaat Federatsiya xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi hamda tadbirkorga uning kamchiliklari qonun doirasida tushuntirildi va ogʻzaki ogohlantirish berildi. Natijada toʻlangan 575 000 soʻm pul isteʼmolchiga toʻliq qaytarib berildi.