NOSOZ TELEFON YANGISIGA ALMASHTIRIB BERILDI

Denov shahar “Buyuk kelajak” mahallasida yashovchi fuqaro Olga Vasilova Denov shahar “Baraka” savdo majmuasida joylashgan savdo do`konidan “SAMSUNG” rusumli telefonni 700 000 ming so`mga xarid qiladi. Biroq uyga olib borib telefonni ishlatib ko`rganida unda ba’zi nuqsonlar sezila boshlaydi.

Fuqaro bu haqida sotuvchini xabardor qilishiga qaramay, u buyumni almashtirish yoki pulini qaytarib berishdan bosh tortadi. Ana shu muammo sabab, fuqaro Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Ariza jamiyat xodimlari tomonidan o`rganilib, iste’molchi Olga Vasilovaga sotilgan nosoz telefon yangisiga almashtirib berildi.