Yangiliklar

NOSOZ TELEVIZOR YANGISIGA ALMASHTIRILDI

Buxoro viloyati Kogon shahar Sadaf koʻchasi 2-uyda yashovchi fuqaro Abdullayev Maqsud Soibovich yaxshi niyat bilan Gʻijduvon tumanidagi savdo doʻkonidan 42 oʻlchamdagi LG televizorini 3 000 000 (uch million) soʻm toʻlovni amalga oshirib sotib oladi.

Biroq keyinroq sifatsiz televizorning oʻlchami 42 emas, 40 ekanligi maʼlum boʻladi. Shundan soʻng, xaridor isteʼmolchi sifatida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” ishonch telefoniga murojaat qiladi.

Federatsiya vakillari shikoyat arizasini oʻrganib chiqdi va isteʼmolchi haq ekanligini isbotini topdi.

Olib borilgan tushuntirish ishlaridan soʻng, sotuvchi haqiqatdan xato oʻzidan oʻtganligini tan oldi va televizor yangisiga almashtirib berildi.