NOSOZ VЕLOSIPЕDNING PULI QAYTARILDI

Samarqand tumani “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini “Chumchuqli” qishlog‘ida yashovchi M.NazarovaSamarqand shahri “Panjikent” ko‘chasida joylashgan do‘kondan olgan bolalar velosipedi nosoz bo‘lib chiqdi. Shunda u Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Murojaat arizachi, tadbirkor va jamiyat xodimi hamkorlikda o‘rganilish jarayonida, velosipedning rostdan ham nosoz ekanligi aniqlandi. Tuman jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan tadbirkorga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 13-, 14-, 15-, 16-, 17-, 18-moddalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgach, tadbirkor qilgan xatosini tushunib yetdiva iste’molchiga nosoz velosipedning pulini qaytardi.