Yangiliklar

NUKUS VA BERUNIYDA “ISTE’MOLCHI KUTUBXONASI” QURILADI

Nukus shahri va Beruniy tumani markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari fedratsiyasi tomonidan “Iste’molchi kutubxonasi” quriladi.

“Istemolchi kutubxonasi” ning ichida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Kodekslar to‘plami, sharhlar, normativ huquqiy hujjatlar to‘plamlari va boshqa yuridik adabiyotlar, ma’rifiy, badiiy, ilmiy-ommabop kitoblar, Respublikamizda nashr qilingan gazeta-jurnallar hamda zamonaviy “BOOK CAFE”, bepul Wi-Fi tizimi, shu bilan birga internet orqali zarur kitoblarni topish imkonini beruvchi “eReader” elektron o‘quv qurilmalari bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Ayni paytga kelib hokimliklar va tegishli tashkilotlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining  topshiriq xatlari ijro uchun chiqarilgan.

Hozirga kelib Nukus shahri va Beruniy tumanlari markazidan yer maydonini ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.