Yangiliklar

NUQSONLI TELEFON BOShQASIGA ALMASHTIRILDI

Denov shaxar “Guliston” mahallasi Guliston ko‘chasi 32/7 xonadonda yashovchi fuqaro Astanaqulova Marxabo Denov shahar “Amir xolding” savdo majmuasida joylashgan do‘kondan 2019 yil 21-may kuni “Mi” rusumli telefonni 1.400.000 so‘mga xarid qilgan. Ushbu telefon bir kun ishlatilgach nuqsoni borligi aniklanib, fuqaro do‘kon sotuvchisiga borib holatni tushuntirib, xarid qilgan telefonini pulini yoki boshqasiga almashtirib berishini so‘ragan, biroq sotuvchidan rad javobini olgan. Bu xolatdan norozi bo‘lgan fuqaro Astanqaulova Marxabo 2019 yil 21-may kuni Denov tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Murojaat jamiyat mutaxassis xodimlari tomonidan murojaatchi ishtirokida o‘rganib, do‘kon sotuvchisiga qonunda belgilangan tartibda tushuntirishlar berildi. Iste’molchi Astanaqulova Marxaboning o‘z xohishiga ko‘ra 1.400.000 ming so‘mga xarid qilgan “Mi” rusumli telefonini  boshqasiga almashtirib olib berildi.